Nikoh shartnomasi nima?

 2024-02-16 08:19:37    88

PDF yuklash
Chop etish


Nikoh shartnomasi bu nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy xuquki xamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir. Nikohni tugatish mobaynida tartibga solinishi eng qiyin bo‘lgan masalalardan biri bu mulkning bo‘linishidir. Nikoh shartnomasi asosan mulk bo‘linishi va majburiyatlar taqsimlanishi qay tartibda amalga oshirilishini oldindan belgilab beradi. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar xam, shuningdek, nikoh davrida xam tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Albatta, mumkin. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor kilinishi mumkin. Taraflarning biri bunga rozi bo‘lmasa, ulardan birining nikoh shartnomasi bilan xukuki cheklangan xolatda ikkinchi tomon sudga murojaat kilishi mumkin. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amao kilishi xam tugaydi, nikoh sharnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno. Er yoki xotindan biri vafot etganda meros ochiladi. Agar ular nikoh shartnomasi tuzgan bo‘lsa, marxum er yoki xotindan biri nikoh davri davomidagi orttrilgan mulkning ½ ulushiga nisbatan mulk xukukiga da’vo qilishga haqdi emas. Chunki, ular nikoh sharnomasi bilan nikoh davomidagi orttirilgan umumiy mol mulkning sharnomaviy tartibini belgilab bo‘lg‘an. Amaldagi konunchilik xujjatiga asosan nikoh shartnomasi o‘z xarakteriga ko‘ra shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan fukarolik-xukukiy bitim qatoriga kiradi. Ushbu shartnoma fakat er va xotin ishtirokida shaxsan tuziladi. Shuning uchun ushbu shartnoma konuniy vakillari shartnoma konuniy vakillari orkali xam rasmiylashtirish mumkin emas. Albatta, agar fukaro takdim etgan nikoh shartnomasida o‘ziga tegishli mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bitim tuzilganda turmush o‘rtog‘ining roziligisiz amalga oshiriladi deb belgilangan bo‘lsa, er yoki xotinning roziligi talab kilinmaydi.

Zilolaxon Latipova 
Xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab