Eksportda yangi bozorlar kashf etilmoqda: Farg‘onaning qora mayizi Buyuk Britaniya va Kanadaga kirib bordi

×

 2024-02-08 13:22:41    98

PDF yuklash
Chop etish



Rishton tumanidagi tadbirkor Abdumannob Doniyorov rahbarligidagi “Laudan Harvest” xususiy korxonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan Laudan Limited kompaniyasi bilan tuzilgan eksport shartnomasiga ko‘ra, ushbu davlatlargaqora mayiz mahsuloti jo‘natildi. 
Shuningdek, “Laudan Harvest” xususiy korxonasi tomonidan HEB International xalqaro savdo va logistika kompaniyasi bilan tuzilgan eksport shartnomasi doirasida dekabr oyida 20 tonna mayiz Kanadaga eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa joriy yilning 3 -4 fevral kunlari Kanadadagi importyor mahsulotlarni qabul qilib oldi.
Bundan tashqari 2 fevral kuni ham Buyuk britaniya davlatiga yana 40 tonna qora mayiz mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Ushbu davlatlarga mahsulot eksporti joriy yil davomida xam keng ko‘lamda eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Eksport muhiti va eksportyorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasi va natijadorligini namoyon etayotganligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozorida o‘z o‘rnini topayotgani muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasidir.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab