Rishton tumani Markaziy o‘yingohida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

×

 2024-01-27 08:10:31    181

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumanidagi Markaziy o‘yingohda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” madaniy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. 1500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan tadbirda  tuman hokimining o‘rinbosari Zarifjon Umarov va hamkor tashkilotlarning mas’ullari ham hozir bo‘lishdi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari Z.Umarov  va 52788-harbiy qism komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Abduhayot Umarov ochib  berdi.So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi yillarda yangicha qiyofa kasb etayotgan maskanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va xususiy "Alpomish" harbiylashtirilgan maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Yangragan ko‘y-qo‘shiqlarda  Vatan madhi, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi va betakrorligi tarannum etildi. Qolaversa  52788-harbiy qismning jangovar chiqishlari va qurol-aslaha ko‘rgazmalari, 07648- habiy qism orkestri va harbiy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishi  ham barchaga birdek manzur bo‘ldi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab