Rishtonda 60 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega zavod ishga tushdi
2024-01-25 18:11:00 196
Rishton tumani “Birlashgan” MFY da “Qahramon” g‘allachilik klasteridagi 6 mlrd.so‘m qiymatga ega bug‘doyni qayta ishlash loyihasi ishga tushirildi. Tadbirkor Isomiddin O‘rinboyev va turkiyalik investorlar hamkorligida eski traktor parki o‘rnida faoliyat boshlagan klaster tomonidan ishga tushirilgan, 60 tonnalik don qayta ishlash un zavodi rishtonliklar uchun ancha qulayliklar keltirishi aniq.
Zavodning ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov, viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, tuman hokimi Bahodir Xoliqov, sektor rahbarlari, viloyatlarda kelgan mutaxassislar, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Bu loyiha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan bo‘lib, asosiy maqsad resurs tejamkorligiga erishish, mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunda mazkur zavod sifatli un navi, omixta yem, shuningdek, qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va tuman aholisini non va non mahsulotlari bilan ta’minlashni tashkil etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Zavodda 85 nafar ishchi-xodim samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ishlashi va dam olishlari uchun qulay ish sharoitini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi