RISHTON TUMANIDA “MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRI O‘TKAZILDI.

×

 2024-01-04 13:58:12    211

PDF yuklash
Chop etish


  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2023 yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Rishton tumanidagi barcha mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 
  Bugun Tuman madaniyat markazida Minor, Toshog‘oliq, Zar-ariq, Qozi-Ahror  Ho‘ja Ilg‘or, A.Navoiy  mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi fuqarolar uchun  “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, tuman madaniyat bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.Dodoboyeva,  diniy qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Madaminov, Xo‘ja ilg‘or jome-masjidi imom xatibi B.Mamajonov, 27-umumiy o‘rta ta’lim ma’naviy-ma’rifish ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Ismatov hamda Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yu. Dodoboyevlar so‘zga chiqdilar. 
Konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab