MUNOSABAT

 2023-12-25 13:39:26    200

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda o‘lkamizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yuksaltirishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Negaki kishilar iqtisodiy, maishiy masalalar bilan andarmon bo‘lib, milliy o‘zlik, madaniy meros, kitobxonlik madaniyatini unutishgacha borishdi. O‘z tarixidan bexabarlik, faqat qorin g‘ami bilan yashash tanazzulga olib boradi. Bilim va ma’rifatsiz qolgan to‘da fojiaga duchor bo‘ladi.Biz “najot faqat bilimda, ma’rifatda” degan bobolar avlodimiz. Bundan bir asr ilgari yashagan jadid vatanparvarlari xalqimizni ma’naviy uyg‘otishga kirishgan edilar. O‘z mablag‘idan maktab qurgan, maosh olmasa ham  maslak yo‘lida xolis bilim berib, ma’rifat tarqatganlar ulug‘ fidoyilar ko‘p bo‘lgan. Ular o‘z g‘oyalari yo‘lida qurbon bo‘ldilar. Xayriyatki shahid bobolarimizning nomlari oqlandi. Ular ko‘targan g‘oyalarni o‘rganish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimizning ma’naviy jihatdan yuksalishi, jahon ayvonida o‘z fikrini baralla aytishini hammamiz istaymiz. Bu borada Prezidentimiz olg‘a surayotgan g‘oyalar juda ibratli. U kishi tariximizni yaxshi bilganlari uchun madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishga jon kuydiradilar. Milliy o‘zlik, asriy qadriyatlarni o‘rganish bilan birga jahon taraqqiyoti yutuqlaridan oqilona foydalanadigan uyg‘oq shaxslar jamiyati, ijtimoiy davlatni shakllantirishga mahkam bel bog‘laganlari bizni quvontiradi. Yangi O‘zbekistonda ma’naviy yuksalish shiorini ko‘tarib, butun jahonda madaniy meros jonkuyari sifatida tanildilar. Odamlar ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar samarasini ko‘rib-bilib turishibdi. Biz ham Yurtboshimizning fikrlarini qo‘llab-quvvvatlab, xalqimiz ma’naviy hayotini boyitishga xizmat qilamiz.  

Diloromxon Dodoboyeva
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 
Rishton tuman bo‘linmasi rahbari


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab