XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI

×

 2023-12-15 14:02:52    118

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona, tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.Sessiya boshlanishidan avval xalq deputatlari Rishton tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi kotibi Farhod Qosimov Rishton tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi bo‘shab qolgan o‘rin uchun 2023 yil 10 dekabr kuni 11-S.Rahimov saylov okrugida saylov bo‘lib o‘tgani haqidagi axborotni o‘qib eshittirdi. Saylov natijalariga ko‘ra 80 foizdan yuqori ovoz to‘plagan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati etib topilgan. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining qarori o‘qib eshittirildi va deputatlar ushbu qarorni bir ovozdan ma’qulladilar. Murosimda tuman “Nuroniylar” kengashi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov Rishton tuman Kengashi deputati B.Xoliqovni tabriklab, ko‘kragiga deputatlik nishonini taqib qo‘ydi. O‘z o‘rnida B.Xoliqov so‘z olib, yuksak ishonch bildirganliklari uchun okrug saylovchilariga minnatdorchilik bildirdi.      Shundan so‘ng sessiya  o‘z ishini davom ettirdi. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:1. Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining “2023 yilni 9 oyi davomida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida” sud raisi Umidjon Ergashev  Axboroti.2. Rishton tuman mahalliy byudjetining 2023 yil III-chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida; 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli qarorining tumandagi ijrosi va 2-boschqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev Axboroti.4.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.22 yildagi “2022-2023yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qarorining 10.1 bandi talablariga asosan tumanda tasdiqlangan “Manzilli ro‘yxat”ga kiritilgan loyihalar (ob’yektlar) bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari N.Oripov Axboroti.5.  Rishton tumanida 4-bosqich “Ayollar daftari” doirasida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining oila va xotin-qizlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Polvonova Hisoboti.6. Tuman hokimining tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsumni betalofat o‘tkazish, “Yashil makon” dasturiloyihasi asosida tumanda olib borilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish to‘g‘risidagi 11.11.2023 yil kungi 67-11-158-F/23 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi M.Normatov Axboroti hamda ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlar – tuman hokim o‘rinbosarlari N.Oripov va Z.Umarovlar Hisobotlari.7. - Tuman sektor rahbarlari tomonidan taklif etilgan ijtimoy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish va muammolari hal bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish va “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidagi mablag‘larni tasarruf etish yuzasidan mas’ullar Axborotlari.8. Boshqa masalalar.Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab