Rishtonda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi

×

 2023-12-11 14:07:42    124

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan   Rishton tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 
Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tumanimiz qishloq xo‘jaligi sohasi ilg‘or vakillari, nuroniylar ishtirok etdilar.
Bayram tantanalarida tuman hokimi Bahodir Xoliqov so‘zga chiqib, joriy yilda tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari, sohani innovasion rivojlantirish, klaster usulini amaliyotga  keng tadbiq etish,  hududlarning eksport imkoniyatlarini oshirish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga to‘xtalib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. 
Bayram tantanalarida qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Bir guruh tumandoshlarimizga ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda san’atkorlar ijrosidagi bayram dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab