Tashabbusli byudjet: Voxim mahallasidagi ichki ko‘chalar asfaltlanadi

×

 2023-12-02 08:42:16    140

PDF yuklash
Chop etish


✅ Rishton tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti. Mazkur loyihada o‘z tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yo‘l, ichimlik suv, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
☸️ «Voxim» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, ko‘plab tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishishdi.Hududdagi aholini uzoq yillardan beri ichki yo‘lllardagi noqulayliklar qiynab kelardi. Bu esa aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lardi. Ushbu muammoga esa tashabbusli byudjet jarayoni yechim bo‘lmoqda.
???? Mahalla aholisini 3 km masofadagi ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish yuzasidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish uchun  mablag‘ ajratilib, Vohim MFY hududidagi “Toshkent”, “Anhor bo‘yi”, “Qo‘rg‘oncha” ko‘chalarida asfaltlash ishlari boshlab yuborildi. 
Loyiha doirasida belgilangan bunyodkorlik ishlari mahallada davom etmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab