“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda

×

 2023-12-01 11:34:45    218

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma’lumki Rishton tumanidagi Pandigon mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi. 
Bugun Pandigon mahallasida tumandagi sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda  tuman  hokimining  o‘rinbosarlari,  “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha tuman shtabi tarkibi a’zolari, Pandigon MFYning mutasaddilari, shuningdek tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan 1-7 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qiliinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida “Konstitusiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot,  ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat “Konstitusiya haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar xususida so‘z yuritdi.
Mas’ullarga “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish haqida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab