“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz yashillikka burkanadi – Rishtonda kuzgi daraxt ekish mavsumiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
2023-10-25 17:21:33 257
Sektor rahbari, tuman hokimi Bahodir Xoliqov, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov , ishtirokida o‘tkazilgan seminarda MFY faollari, nuroniylar, yoshlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari vakillari qatnashdilar.Seminarda "Rishton tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga murojaati" yana bir bor o‘qib eshittirildi.
Daraxt ekish va uni parvarishlash, o‘zimiz yashayotgan maskanni yashil makon, bog‘u-bo‘stonga aylantirishdek xayrli ishda xudud mutasaddilarining oldida turgan vazifalar muhokama etildi, kuzgi daraxt ekish mavsumini namunali tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
????- Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Joriy yilning bahor mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanimiz bo‘ylab jami 546,1 ming donadan ziyod daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, kuz mavsumida 24 turdagi 375 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish belgilangan. Bundan tashqari, 0,5 gektar yer maydonida hokimlik bog‘i, 0,5 gektar yer maydonida yashil belbog‘lar tashkil etish rejalashtirilgan. Shu o‘rinda rishtonliklarni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga, bu umummilliy harakatning natijasini har bir mahallada ko‘rsatib, havas bilan bu savobli ishda ishtirok etishga chaqiramiz, dedi tuman hokimi.
????- Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, fidoyilik bilan harakat qilsak, eng avvalo Prezidentimiz boshlagan ezgu tashabbusni tumanimizda Respublikamiz hududlari orasida eng namunali qilib bajaramiz, qolaversa, yurtimizning ekologik tozaligiga, yashilligiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shamiz. Bunda barcha darajadagi rahbarlarni, mahalla faollarini, jamoat arboblarini, nuroniylarni, san’atkor va sportchilarni, jurnalist va blogerlarni alohida o‘rnak ko‘rsatishga chorlab qolamiz, dedi , "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov.
Faollar va sektor rahbarlari ishtirokida bo‘sh yer maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatalari ekildi.
Rishton tumani hokimligi Axbarot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi