PANDIGONLIKLAR OLIB BORILAYOTGAN ISHLARDAN AHOLI MAMNUN
2023-10-20 15:31:17 234
Bugun Rishton tumanidagi Pandigon mahallasining qaysi ko‘chasiga kirmang, olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, kundan-kunga obod bo‘lib, o‘zgacha chiroy ochib borayotgan ko‘cha va xonadonlar har qanday insonni quvontiradi. Bunday quvonarli holat yurtimizning har bir fuqarosida nurli kelajakka bo‘lgan intilish va umid bilan yashash tuyg‘usi ortib borayotganidan dalolat berib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyev bugun Pandigon mahallasiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.U.Muhammadiyev dastlab mahalladagi “Yangi hayot” ko‘chasida yashovchi Omonjon Qambarovning xonadonida bo‘lib, xonadon sohibi bilan suhbatlashdi. O.Qambarov inson uchun yaratilib berilayotgan bunday sharoitlar uchun Respublika Prezidenti va hukumatiga cheksiz mahalla nomidan minnatdorchiligini bildirdi. – Haqiqatan ham mahallada ko‘p ishlar qilinibdi va bu ishda nafaqat tuman tashkilot va korxonalari, balki aholining o‘zlari ham ishtirok etayotgani quvonarli, albatta, – dedi U. Muhammadiyev. – Haqiqatan ham Rishton Alloh nazari tushgan yurt ekan. Pandigon hademay obod va go‘zal, shahardan-da qolishmaydigan mahallaga aylanishiga shak-shubha yo‘q.Shu kuni U. Muhammadiyev tuman sektor rahbarlari bilan suhbatlashdi. Amalga oshirilishi zarur vazifalar yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.Prezident maslahatchisi o‘rinbosari U.I.Muhammadiyevga viloyat hokimining o‘rinbosari Hojiqo‘zi Isaqov hamrohlik qildi.
RISHTON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi