INSON TAFTINI INSON OLADI

×

 2023-10-07 09:09:33    345

PDF yuklash
Chop etish


Keksalik yoshiga yetib borish ham ne’matlardan biri hisoblanadi. Yurtimizning tabarruk yoshdagi otaxon-u onalarimizning holidan xabar olib tursak, ularga imkonimiz darajasida oqibat, mehr-muruvvat ko‘rsatsak ulkan savoblarga ega bo‘lish bilan birga ularning hayotiy tajribalari hamda turmush saboqlaridan foydalana olishimiz mumkin. 
✅ Qiynalganda yordam qo‘lini cho‘zish, mehr-oqibat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Qadri baland qadriyatlar tufayli yuzlab oilalar holidan xabar olinib, ko‘ngil so‘ralmoqda, quvonch-shodlik ulashilmoqda.
✍️ “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida tumanimizda “Inson taftini inson oladi” shiori ostida uyida yotib qolgan nuroniylar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirilmoqda. 
*️⃣ Jumladan, “Jahonobod” MFYda tadbir doirasida   Xonaqa ko‘chasida   yashovchi Lutfunisa aya Mirzaboyeva, Mahmudjon ota Qo‘chqarov, Abduhamid ota Yo‘ldashevlar xonadonlariga  mahalla  fuqarolar  yig‘ini  faollari tashrif buyurib,  xonadon  sohiblari holidan xabar olishdi. Nuroniylar yurtimiz va halqimiz osoyishtaligini tilab duolar qilishdi. Nuroniylarga xomiylar tamonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. 
???? – Biz kabi keksalarni yo‘qlab, holimizdan xabar olishdi, – deydi Lutfunsa aya Mirzaboyeva. – Gap sovg‘a-salomda emas. Shunchaki, e’tiborning o‘zi katta baxt. Inson yoshi bir joyga borgach, e’tibortalab bo‘lib qolar ekan. E’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab