1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan tumanimizdagi faxriy ustozlar va bemor muallimlar holidan xabar olindi

×

 2023-09-29 14:00:19    365

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda ham ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, kelajak avlodni ta’lim va tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan tuman hokimi Bahodir Xoliqov,  Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Shavkat Madaminov rahbarligida 2 nafar sohada fidokorona mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriy o‘qituvchilar holidan xabar olindi. Ustozlarga tuman hokimining tashakkurnomalari hamda bayram tabrigi yetkazildi.
Mana shunday faxriylarning boy tajribasi bugun yosh pedagoglarning faoliyatini samarali tashkil etishda ta’lim va tarbiya jarayonlarini sifati va samaradorligini oshirishda hamisha zarur.
Rag‘bat va yo‘qlovdan mamnun ekanliklarini izhor qilgan ustozlar, soha ishiga rivoj tilab, yurtimizda faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun Davlatimiz rahbarini duo qildilar.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab