Tuman hokimi Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilayotgan maktabdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi

×

 2023-09-26 15:30:52    125

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab viloyatimizdagi har bir shahar va tumanlarda tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq qilinmoqda. 
Mazkur loyiha bo‘yicha Rishton tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanlab olingani haqida xabar bergan edik. Bugun tuman hokimi Bahodir Xoliqov Yaponiya ta’lim tajribasi joriy etilgan maktabga tashrif buyurdi. 
Tuman hokimi dars jarayonlarini kuzatdi va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar uchun ajratilgan xonalar bilan tanishdi. Pedagoglar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Mazkur tajribani tatbiq etilishida tuman hokimligi ta’lim muassasasiga ko‘makchi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 
Tashrif davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarga keng sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar, maktab xovlisida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan esa topshiriqlar berildi.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab