“Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi – amalda

×

 2023-09-25 11:12:44    127

PDF yuklash
Chop etish


“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” dasturlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash borasida Rishton tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu kunlarda “Pandigon” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Mahalladagi 4 ming 150 nafar aholi istiqomat qiladi.  Dastlab aholi xonadonlari xatlovdan o‘tkazilib, ko‘p yillardan buyon yig‘ilib kelayotgan muammolar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida toza ichimlik suvi, yo‘l ta’miri, elektr energiya va gaz ta’minoti, tibbiy yordam ko‘rsatish va bandlik masalasi bilan bog‘liq ko‘plab muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Har bir ko‘chada olib borilayotgan ishlar tuman hokimi va shtab rahbarlari nazoratida. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, deyishadi. Pandigonliklar ham o‘zlari yashab turgan xonadonlarni tartibga keltirish, hovli devorlarini ta’mirlash, tomorqasini ko‘rkam, chiroyli qilish uchun astoydil harakat qilishmoqda.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab