ROSSIYALIK RASSOMLARNING FIKRLARI QANDAY?

×

 2023-09-20 14:34:50    298

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro kulolchilik forumi olidan 

Rishton mezbonlik qiladigan “Xalqaro kulolchilik forumi” xorijliklarni ham befaqr qildirmayapti. Ayni kunlarda rossiyalik bir guruh rassomlar tumanimizda bo‘lib turishibdi. Bugun “Xaqlqaro kulolchilik markazi”da rossiyalik rassomlar Aleksandr Krasnov va uning turmush o‘rtog‘i Yelena Krasnovalarni suhbatga tortdik. - Aleksandr Krasnov: - Bundan sakkiz yil oldin ham O‘zbekistonda bo‘lgan edim. O‘shanda ham bir olam taassurotlarga ega bo‘lgandim. Bu galgi safarim yanada unutilmas bo‘lishiga ishonaman. Ochig‘i, bu yerda hunarmandlarga berilayotgan e’tiborni ko‘rib, lol qoldim. Bunday markazlar mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonaman.- Yelena Krasnova: - Bizni bu yerga taklif etgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. O‘zimni moʻjizalar maydoniga tushib qolgandek his etyapman. O‘zim ham ijodkor bo‘lganim uchun har bir asarning yaratilishi katta mehnat talab qilishini bilaman. Kulollarning har bir mahsulotini san’at asariga tenglashtirish mumkin. Ertaga boshlanadigan forumda o‘zim uchun ko‘p narsalarni o‘rganishimga ishonchim komil.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab