Zohidon MFY: Bunyodkorlik va yaratuvchanlik shukuhi

×

 2023-09-19 09:34:55    363

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani  2-sektorga qarashli “Zohidon” mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bajarilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan kishining bahri-dili ochiladi.  Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan «Zohidon» mahalla fuqarolar yig‘inida suv ta’minoti yaxshilanmoqda. Ushbu hududda 4200 metr ichimlik suvi tortish ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, mahallada elektr ta’minotini yaxshilash borasida ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu hali hammasi emas. Zohidonliklar “Tashabbusli byudjet” loyihasida ham  faol ishtirok etib g‘olib bo‘lishdi va ushbu hududaga 5 kmdan ortiq tabbiy gaz tortildi. Mahalla raisining aytishicha, bugungi kunda ichki ko‘chalarda betonlar ishlari dals etmoqda.  MFY beshligining sa’y-harakati tufayli hudud yanada go‘zallashib, o‘zgacha chiroy ochib bormoqda.  Darhaqiqat, ezgu tashabbuslar yangi marralar sari yo‘l ochadi. Mazkur harakat mamlakatimizda inson manfaatlarini eng ustuvor mezon ekanligidan dalolatdir. Zotan, xalqimiz, qishloq joylarda yashovchi aholining munosib turmush kechirishini ta’minlash yo‘lidagi islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad ham, eng avvalo, inson omili bilan chambarchas bog‘liq. Ana shunday o‘zgarish va yangilanishlar shahar va qishloqlarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishi yo‘lidagi ulkan amaliy qadamdir.Muxtasar aytganda, odamlar og‘irini yengil qilish, ularning farovon hayot kechirishlari, ertangi kunga ishonch bilan qadam tashlashlari uchun qator ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi yangilanishlar boshqa hududlarda ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab