MUNOSABAT

 2023-09-14 11:41:36    305

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Rishton tumani “Markaz” MFYda yashovchi Umidaxon ismli fuqaro 4 nafar farzandi bilan moddiy yordamga muxtojligi, biroq murojaatlarga qaramasdan hokimiyat tomonidan yordam berilmagani, aliment pullari ham olib berilmagani haqidagi murojaat yuzasidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi. 

Rishton tumani Buloqboshi MFYda 15.06.1990 yilda tug‘ilgan Kenjayeva Umida Nazirjonovna, 4 nafar farzandning onasi bo‘lib, 2020 yildan  buyon  Markaz MFY  Rishton ko‘chasi 10 uy 18  xonadonda ko‘p qavatli uylarda ijara asosida istiqomat qilib kelmoqda.

Fuqaro, Kenjayeva Umida Nazirjonovna Rishton tumani hokimligiga murojaat qilganidan so‘ng,  dastlab 2022 yilda 3- bosqich  «Ayollar daftari»  ruyxatiga Buloqboshi MFY tomonidan kiritilib 1 million 200 yuz ming so‘m pul mablag‘i berilgan. 2023 yilda Markaz MFY tomonidan  4-bosqich   «Ayollar daftari»  ruyxatiga qayta kiritilib, ijarada yashayotgan uyining 6 oylik ijara puli (uch million so‘m) «Ayollar daftari»  jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan.

Shuningdek, «Markaz» MFY tomonidan shu kunga qadar, oziq-ovqat maxsulotlari  2023 yil 10  iyulda  ijarada yashayotgan uyiga olib borib berilgan, 2023 yil 30 avgust sanasida xomiylar hisobidan   500000 (besh yuz ming so‘m )naqd pul mablag‘i va farzandining maktab formasi hamda o‘quv qurollari bilan ta’minlangan.
O‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan iddaolar yolg‘on ekanligini ma’lum qilamiz.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab