BARCHASI INSON QADRI UCHUN

×

 2023-09-13 14:01:10    494

PDF yuklash
Chop etish


Pandigon MFYda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida ishlar olib borilayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Erta tongdan shtab ish faoliyatini boshladi. Tuman hokimi Bahodir Xoliqov boshchiligida Respublika ishchi guruhi a’zolari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot, korxona rahbarlari ishtirokida shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
–Pandigon mahallasining barcha xonadonlarini uyma-uy yurib, muammo va kamchiliklarini bartaraf etamiz, – dedi tuman hokimi. – Barcha tashkilot rahbarlari ishga mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, Respublika bo‘yicha namuna qilib ko‘rsatadigan darajaga keltiramiz.
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari avjida olib borilmoqda. Bajarilayotgan ishlar mas’ullarning nazoratida. Mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

RISHTON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab