Rishtonlik bokschi Osiyo o‘yinlariga boradi

×

 2023-09-12 08:10:52    97

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tadigan XIX Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar nomi ma’lum bo‘ldi.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashining qaroriga ko‘ra,  Osiyo o‘yinlarida 51 kilogrammda Hasanboy Do‘smatov, 57 kilogrammda Abdumalik Xalakov, 63,5 kilogrammda Ruslan Abdullayev, 71 kilogrammda rishtonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, 80 kilogrammda To‘rabek Habibullayev, 92 kilogrammda Lazizbek Mullojonov, +92 kilogrammda Bahodir Jalolov vatanimiz sharafini himoya qiladi.  
Terma jamoamizning qit’a o‘yinlaridagi ishtirokini To‘lqin Qilichev bosh murabbiy sifatida nazorat qilib borsa, unga kubalik Steyners Tissert Xuan Enrike, Li Echeveriya Xulio, Morales Montero Xesus Alberto, hamyurtlarimiz Rahmatjon Ro‘zioxunov, Farrux Qilichev, Akmal Hasanov, Davron Gʻofurov, Ziyatdinbek Toyg‘onboyev, Yergali Yarashov murabbiy sifatida ko‘maklashadi.  
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari bokschilar uchun “Parij-2024” Olimpiadasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etishi bilan ahamiyatli. Shu sababli qit’a davlatlari Xanchjouda bo‘ladigan boks musobaqalariga alohida e’tibor bilan yondashmoqda.  
Mazkur musobaqada rishtonlik bokschi  Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga omad tilab qolamiz.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab