Tuman hokimi tadbirkorlarga: “Siz bormang – men kelaman”

×

 2023-09-07 14:50:13    426

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun tuman hokimi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning takliflarini tingladi, murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi, biznes vakillarining savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Shuningdek, ishbilarmonlarni o‘ylantirib turgan dolzarb uammolarga e’tibor qaratildi, ularning soliq, yer, kredit kabi muhim masalalarda taklif va muammolari tinglandi.

-  Tumanimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Har qanday masalada sizlarni eshitishga, qonun doirasida yordam berishga tayyorman. Siz bormang – men kelaman, - dedi tuman hokimi.
Ta’kidlash lozimki, Rishton tumanida tadbirkorlik, hunarmandchilik, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi yildan-yilga yuksalib bormoqda. Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. 
Tuman hokimi uchrashuv davomida  xorijiy investisiyalarni jalb qilish orqali yangi loyihalarni ishga tushirish hamda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kelgusida korxonaning eksport ko‘lamini yanada kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab