JALAYЕRDA YANGI TA’LIM-TARBIYA MASKANI

×

 2023-09-05 11:22:21    79

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning Jalayer nomli mahallasida Rishton tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Farangiz” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Yangidan qurib bitkazilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 
Tadbirkor Mahliyo Xo‘jamnazarova  5 nafar mahalladoshini doimiy ish bilan ta’minladi.
Ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlar, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi xodimlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi B.Xoliqov mahalla ahlini va bolajonlarni ushbu yangi maskan bilan muborakbod etdi. Ramziy tasma qirqilib, ishtirokchilar bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu muassasada bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab