TUMAN HOKIMI ROSSIYALIK O‘QITUVCHINI QABUL QILDI

×

 2023-09-04 17:15:10    408

PDF yuklash
Chop etish


✳️ Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish“ga qaratilgan loyiha doirasida maktablarda ish faoliyatini olib boradigan rossiyalik o‘qituvchilarning navbatdagi tarkibi  O‘zbekistonga yetib kelishgan edi. Bugun Rishton tumaniga biriktirilgan rus tili fani o‘qituvchisi Lexanova Kyunney Nikolayevna tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar tomonida tantanli ravishda kutib olindi.
???? Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda rossiyalik o‘qituvchi O‘zbekisonga ikki marta kelayotganini bu yerda ishlash maroqli ekanligini ta’kidladi. 
???? - Rishton tumaniga kelganimdan xursandman, deydi rossiyalik o‘qituvchi. - Bu yerda meni samimiy kutib olishdi. O‘zaro hamkorligimiz samarali o‘tishiga ishonchim komil. Vaqt ajratib meni kutib olganingizdan xursandman. Sizga Rossiyaning Yakutiya shahridan esdalik sovg‘alar olib keldim. Rishton tumani menga katta taassurot qoldirishiga ishonaman. Yana bir bor menga ishonch bildirganingiz uchun rahmat.
???? Rossiyalik o‘qituvchi tumanimizdagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida rus tili fanidan dars beradi va tumanimiz maktablarida faoliyat yuritayotgan rus tili fani o‘qituvchilariga seminarlar, master-klasslar o‘tab beradi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab