Batken shahri hokimi Uchqun Jo‘raboyev: “Do‘stligimiz abadiy bo‘lsin”

×

 2023-09-01 16:03:37    126

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbek va qirg‘iz xalqlari ko‘p asrlik yagona tarix, o‘xshash madaniyat, mushtarak til va ma’naviy qadriyatlar bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan.Bugungi kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli tomonlar ko‘plab dolzarb masalalarni hal etish va o‘zaro hamkorlik aloqalarining ijobiy o‘sishiga erishdi. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi muntazam uchrashuvlar, qator xalqaro tuzilmalardagi ishtiroki o‘zaro munosabatlarning yuqori darajasini namoyon etadi.  
Yaqinda Rishton tumanida bo‘lib o‘tgan mustaqillik bayramida Batken shahri hokimi Uchqun Jo‘raboyev boshchiligidagi delegatsiyasi tumanimizga tashrif buyurgan edi. Kecha esa Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya Batken shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston Respublikasi mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi. 
- Biz azaldan bir ariqdan suv ichganmiz, bizning dinimiz, dilimiz bir bo‘lgan, deydi Batken shahri hokimi Uchqun Jo‘raboyev. – Sizlarni eng ulug‘ bayramimizda kurib turganimizdan xursandmiz. Do‘stligimiz abadiy bo‘lsin. Sizlar uchun hamisha eshiklarimiz ochiq. Yaqinda Rishton tumanida bo‘lib, u yerdagi o‘zgarishlardan hayratda qoldik. Rishtonda turizmni rivojlantirish uchun keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilayotgani tahsinga sazovor. Bu borada sizlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab