“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni orzu-istaklari ro‘yobga chiqarilmoqda

×

 2023-08-31 18:31:15    277

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr daftari” tizimi joriy etilgan. Bu borada ham Rishton tumamanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida mazkur daftarga kiritilgan 13 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muammo hamda orzu-istaklari ro‘yobga chiqarildi. 
Xususan, 2 nafar bolaga kasbga yo‘naltirish maqsadida tikuv mashinalari, bandligini ta’minlash maqsadida ikki nafarlariga mehnat qurollari, 1 ta nafarlariga velosiped va olti nafarlariga noutbuklar ajratildi.
Tadbirda Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan muborakbod etib, yosh avlodga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida orzulari ushalgan yoshlar ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Mas’ullar tomonidan kelgusida ham tumanimizdagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarning orzu-istaklarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning olib borilishi ma’lum qilindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab