Jinoyatchilikni oldini olish muhim masala

×

 2023-08-30 14:41:00    246

PDF yuklash
Chop etish


  Tuman hokimligi majlislar zalida jinoyatchilikni oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B. Xoliqov, IIB boshlig‘i Sh. Mavlonov, sektor rahbarlari, Qambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i J. Rahimov, ichki ishlar bo‘limi rahbar-xodimlari,  71 ta MFY raislari, profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda tuman hokimi so‘zga chiqib huqubuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda mahalla beshligi mas’uliyatini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, farzand tarbiyasida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi mexanizmini jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qartdi. 
Tuman IIB boshlig‘i Sh. Mavlonov profilaktika inspektorlari oldida turgan vazifalar haqida so‘zlab, tegishli mas’ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi. Yig‘ilishda mahalla raislari va profilaktika inspektorlari mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab