Qayrag‘ochda bayram shukuhi

×

 2023-08-29 14:59:43    288

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Qayrag‘och mahallasida tantanali bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Bayram kechasida so‘z olganlar tomonidan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtimizda keng ko‘lamda islohotlar amalga oshirilayotganligi yana bir bor ta’kidlandi. 
Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, qisqa vaqt ichida olib borilgan bunyodkorlik ishlari buning isboti sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri tumanimizda faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning go‘zal kuy-qo‘shiqlari bilan fayz oldi. Yig‘ilganlarda yurtga mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Rishton tuman hokimligi axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab