Rishtonda II Ustozlar milliy forumi o‘tkazildi

×

 2023-08-25 18:09:54    293

PDF yuklash
Chop etish


Yangi – 2023-2024 o‘quv yili boshlanishi oldidan Rishton tumanida II Ustozlar milliy forumi o‘tkazildi. “Vodiy” tantanalar saroyida tashkillangan mazkur tadbirda tuman hokimi Bahodir Xoliqov ishtirok etdi.
Ta’lim muassasalari direktorlari, faol o‘qituvchilar hamda soha faxriylari taklif etilgan forumda ta’kidlanganidek, davr shu qadar shitob bilan o‘tyaptiki, islohotlarning barcha bosqichi ilm-fan, texnika asosida jadallik bilan rivojlanishni taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari har bir chiqishlarida ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini zamonaviylashtirish, xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish vazifasini qo‘ymoqda.
Binobarin, o‘tgan o‘quv yilida o‘nlab pedagogning ilg‘or tajribasi viloyat va tuman miqyosida ommalashtirildi. Tabiiyki, bu jarayon maktablar hayotiga o‘ziga xos jo‘shqinlik berdi. Ko‘plab darslar ochiq tarzda o‘tkazilyapti. O‘qituvchilar dars samaradorligini oshirishda bir-biriga ko‘maklashyapti.
Forumda, o‘tgan o‘quv mavsumi sarhisob qilinar ekan, yutuq va muvaffaqiyatlar e’tirof etilishi bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili oldidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab