Tumanimizda joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

×

 2023-08-24 10:50:43    269

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, shuningdek, ochiq maydonlarga va g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekishni sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. 
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, sektor rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari vakillari, mutasaddi tashkilotlar, fermerlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, tuman hokimi Bahodir Xoliqovlar paxta terimi oldidan g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, mavsumda terimchi va hasharchilarga yetarli shart-sharoit yaratish, ularga kunlik issiq ovqat tashkil etish, terim pulini har besh kunda tarqatish, imkoniyatdan kelib chiqib kunlik pul to‘lanishini yo‘lga qo‘yish, mavsumda munosib ishtirok etgan terimchilarni klasterlar tomonidan qo‘shimcha rag‘batlantirish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, seminar davomida ochiq maydonlarga va g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, ekin maydonlarini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab