ISHCHI GURUHI O‘RGANISH OLIB BORDI

×

 2023-08-21 08:39:59    245

PDF yuklash
Chop etish


Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi vakillari Rishton tumanida bo‘lib, qurilish sohasida qarorlar ijrosini o‘rganishdi.
Ishchi guruhi a’zolari dastlab tumandagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi. Ma’lumki, ushbu maktab "Tashabbusli byudjet" loyihasida g‘olib deb topilgan va maktabda bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 
Ishchi guruhning keyingi manzili 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. Maktabini yangidan qurish shu yil 6 mayda boshlangan. 360 o‘rinli maktab qurilishi uchun 4 mlrd 750 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bino 3 qavatdan iborat, har tomonlama sharoitlarga ega bo‘ladi. Dasht Pandigonliklar zamonaviy maktabga ega bo‘lishayotganidan juda xursand ekanliklarini ta’kilashmoqda.
Ishchi guruhning keyingi manzili - Buloqboshi MFY bo‘ldi. «Yuqori Buloqboshi» mahalla fuqarolar yig‘inida suv ta’minoti yaxshilanmoqda.Ayni damda bulug‘lash ishlari davom etmoqda.Olib borilayotgan amaliy ishlardan mahalla ahli xursand. Ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lgan fuqarolar o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.
Tashrif yakunida ishchi guruhi rahbari tomonidan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish borasida tavsiya va topshiriqlar berildi.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab