RISHTONDA “20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI YUZASIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2023-08-18 08:45:46    275

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi “Chinor plyus” majmuasida bo‘lib o‘tgan seminarda sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PF 93-sonli Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi belgilangan.  
Dastlab seminarda farmonning mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga yaratiladigan shart-sharoitlar, imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushunchalar berildi.
Shuningdek yig‘ilganlarga dasturda tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratib berish orqali ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va shu yo‘l bilan kambag‘allikni qisqartirish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasida ta’kidlab o‘tildi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab