Kichik sanoat zonasida mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinishi kerak

×

 2023-08-17 10:43:53    252

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda investisiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lib, kafolat va imtiyozlarni o‘zida aks ettiruvchi bir qancha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investisiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qo‘yilgan. 
Ma’lumk, iqtisodiyotga xorij investisiyalarini keng miqyosda jalb qilish — eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg‘or xorij texnologiyalari va tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi. 
Tuman hokimi Bahodir Xoliqov va tuman prokurori Rashidbek Mehmonovlar “Navbahor” MFY hududidagi kichik sanoat zonasida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi; ularning takliflarini tinglab, muammolarini o‘rgandi. 
Tuman hokimi tadbirkorlar bilan birma-bir ochiq muloqot qilar ekan, rejalangan loyihalarni amalga oshirish uchun qanday omillar to‘siq bo‘layotganiga qiziqdi. Bank-moliya muassasalari orqali kredit rasmiylashtirish va kadastr hujjatlarini tayyorlashda ortiqcha sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligini, infratuzilma va kommunal sohalarga oid muammolar esa eng qisqa muddatda bartaraf qilinishini aytdi, tuman hokimi.
Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar rejadagi loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni faol jalb qilish, ishlab chiqarish hajmi va eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi xalqaro bozorlar topishda tadbirkorlarga eng yaqin hamkor va ko‘makchi bo‘lish lozimligi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.


Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab