Navoiy MFYda tadbirkorlik yanada rivojlanadi

×

 2023-08-16 13:45:29    330

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda hududlarni ma’lum sohaga ixtisoslashtirish ishlari boshlanganidan so‘ng ko‘plab mahallalarda oilaviy tadbirkorlar soni ortib boryapti. Qaysidir tuman dehqonchilikda, yana biri pillachilik, boshqasi kasanachilikda ilg‘or hududga aylanib, aholi "bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida daromad topa boshladi. 
Rishton tumanining “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘plab fuqarolar tayyor-yarimtayyor chinni mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xorijiy bozorlarda sotish bilan  shug‘ullanadi. 
E’tiborlisi, hokim yordamchisi Shuhrat Zokirovning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi bilan ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoki kengaytirayotgan oilalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. 
Bugun tuman hokimi Bahodir Xoliqov ayni mahallada bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish orasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar bilan dildan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini o‘rgandi.
Tuman hokimi ushbu huddudagi tadbirkorlarga eng yaqin ko‘makchi ekanini ta’kidlab, ularni qiynab kelayotgan muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab