“BON-ODORI” AN’ANAVIY YAPON FESTIVALI

×

 2023-08-15 09:46:03    303

PDF yuklash
Chop etish


Rishtondagi “Rishton-Yaponiya madaniy-iqtisodiy aloqalar markazi” qoshida tashkil etilgan yapon tilini o‘qitish maktabida “Bon-odori” an’anaviy yapon raqsi festivali bo‘lib o‘tdi. 
Ota-onalar va mehmonlar taklif qilingan mazkur tadbirda o‘quvchilar tomonidan “Bon odori” raqsi hamda “Furoshiki” an’anaviy yapon ro‘mollari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar yapon muzqaymog‘i (kakigoori), yapon choyi, choko banana, karagedan tanavvul qilishdi. Marosim davomida kendama an’anaviy yapon o‘yini, xattotlik va yukata yozgi yengil kimono kiyinish bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilindi.  
“Bon-odori” - bayramlarda ijro etiladigan an’anaviy yapon raqsi ajdodlarga minnatdorchilik bildirish ramzidir. Shu bilan birga bu bayram uchun maxsus qurilgan yagura (“minora”) deb nomlangan baland yog‘och qurilma - sahna atrofida aylanib raqsga tishishdir. Yagura musiqachilar va qo‘shiqchilar uchun sahna sifatida xizmat qildi. Raqqosalar yagura atrofida soat yo‘nalishi bo‘yicha yoki soat yo‘nalishiga teskari harakat qilishdi. Ba’zi raqslarda raqqosalar aylanib yurishni to‘xtatdilar va yaguraga yaqinlashib, undan uzoqlashadilar.  Mazkur tadbir uning ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab