Bajarilgan ishlar sifatli bo‘lishi kerak

×

 2023-08-15 08:27:32    260

PDF yuklash
Chop etish


Dunyodagi zamonaviy o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikalarini o‘rganib, yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish bo‘yicha Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan viloyatimiz bo‘yicha har bir shahar va tumandan tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etiladi. 
Ta’lim va tarbiyani uyg‘un holda olib borib, bolalarni hayotga tayyorlashni asosiy maqsad qilgan Yaponiya ta’lim tizimini Rishton tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinov tariqasida joriy etishga qaror qilingandi.  
????Bugun Rishton tumani hokimi va sektor rahbarlari ushbu maktabda bo‘lib,  u yerda olib borilayotgan Yaponiya ta’lim tizimiga tayyorgarlik jarayotnlari va bu yerda tashkil etilgan kasbga o‘qitish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ayni vaqtda maktabda o‘quvchilarga tikuvchilik, duradgorlik va kulolchilik sirlari puxta o‘rgatilmoqda.
Maktabda to‘garaklar faoliyati uchun maxsus xonalar ajratilgan. Xonalarning barchasi kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. To‘garaklar faoliyatini yuritish uchun maktabning texnologiya fani o‘qituvchilari bilan birgalikda, tadbirkor va mohir ustalar ham jalb etilgan.
Ushbu maktabda Yaponiya ta’lim tizimiga o‘tish borasida keng ko‘lamdagi ishlar boshlab yuborilgan. Sinfxonalar ham moslashtirilmoqda. 
-  Ishlar sifatli bajarilishi kerak, dedi tuman hokimi.  - Barcha ishlarni nazorat qilib boramiz.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab