O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Rishtonda
2023-08-09 12:13:18 296
RISHTONNING INVESTISIYAVIY JOZIBADORLIGI, ISHCHI O‘RINLAR SONI ORTIB BORAYOTGANLIGI, TURIZM RIVOJLANIB BORAYOTGANI BARCHAMIZ UCHUN QUVONARLI
Tumanimizga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva tashrif buyurdi.
Martabali mehmon birinchi bo‘lib tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan tashkil etilgan “MM Porcelain” MCHJ shaklida oilaviy korxonasi qoshidagi chinni mahsulotlariga bezak berish syexi bilan tanishdi va u yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. “MM Porcelain” MCHJ shaklida oilaviy korxonasi qoshidagi chinni mahsulotlariga bezak berish syexida bugungi kunda 100 dan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 300 ta xonadondan 700 nafardan ortiq ishsiz mahalla ayollari ham kasanachilik asosida ishga jalb etib kelinmoqda. Korxona tomonidan bu yil 1 million dollarlik chinni buyumlari eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlarning keyingi manzili Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasida tashkil etilgan kulolchilik kooperasiyasi bo‘lishda va u yerda tayyorlanayotgan kulolchilik mahsulotlari va ularning tayyorlash jarayonlari bilan tanishishdi. Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi tomonidan qiymati 10,0 mlrd. so‘m bo‘lgan investisiya loyihasi asosida yirik kulolchilik kooperasiyasi tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 120 nafar doimiy ish o‘rinlari bilan birgalikda 3000 nafardan ortiq kasanachilik yo‘nalishida o‘zini-o‘zi band qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Umuman olganda, tumanimizdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahallalar, xonadonlarda ish boshlagan oilaviy korxonalar faoliyati ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif jarayonida mehmonlar tadbirkor Islomjon Orifjonov rahbarligidagi “Chinor plyus-2020” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan va qurilish-jihozlash ishlari yakuniga yetgayotgan Kulolchilik markazi, mehmonxona va maishiy xizmat ko‘rsatish markazidan iborat majmua loyihasini ham ko‘zdan kechirishdi.
Oqer MFY hududida joylashgan, qurilish-pardozlash ishlari deyarli yakunlanayotgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 20 milliard so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi. Majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn, oshxona, majlislar zali joylashgan bo‘lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.Yirik inshoot bilan hamohang tarzda “Huranmandlar markazi” ham barpo etilmoqda.
Ushbu majmua ikki qavatli bo‘lib, 1-qavati hovlisida 15 nafar hunarmand oilasi ishlashi uchun uy-joy va do‘konlar tashkil qilinyapti. Hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini shu yerda joylashgan ko‘rgazmalar zaliga qo‘yishi, sotishi va buyurtma olishi mumkin.
Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari joylashgan bo‘lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda barpo etilayotgan Kulolchilik markazida ham qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi