Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamalarga boy bo‘ldi

×

 2023-08-01 14:29:43    271

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 58-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan joriy yilni 2-choragi davomida xududlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tumandagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar tomonidan 2023 yil 2-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimovning axboroti

- Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilarining faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Raximovning axboroti

- 2023 yil 2-choragida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha Rishton tuman Adliya bo‘limi boshg‘ili I. Isaqovning axboroti

- Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yilni 2-choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan sud raisi U.Ergashevning axboroti

- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 2023 yilning 2-choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirigan ishlar yuzasidan sud raisi Sh.Axunbayevning axboroti

- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Rishton tuman bo‘limitomonidan 2023 yil 2- choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi Axborot

-2023 yil 2-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti

- Rishton tuman Mahalliy byudjetning 2023 yil 2-chorak davomida tuman mahalliy byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga kiritilgan o‘zgarishlari to‘g‘risida

- Tuman sektor rahbarlari tomonidan taklif etilgan ijtimoy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish va muammolari hal bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir dapftar” ro‘yxatidan chiqarish yuzasidan tuman hokimi birinchi

o‘rinbosari A.Mustafaqulovning axboroti

-“Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidagi mablag‘larni tasarruf etish to‘g‘risida

- “Jahonobod” MFY ni bo‘lish hisobiga yangi mahalla fuqarolar yig‘inini tashkil etish xamda Rishton tumanidagi O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obektlarni nomlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan 208 ta ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida

Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati



<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab