Tashabbusli byudjet: So‘xobod mahallasidagi elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

×

 2023-08-01 08:52:08    305

PDF yuklash
Chop etish


✅ Rishton tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti. Mazkur loyihada o‘z tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yo‘l, ichimlik suv, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
☸️ «So‘xobod» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, ko‘plab tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishishdi.Hududdagi aholini uzoq yillardan beri elektr ta’minoti muammosi qiynab kelardi. Bu esa aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lardi. Ushbu muammoga esa tashabbusli byudjet jarayoni yechim bo‘lmoqda.
???? Mahalla aholisini elektr ta’minlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish uchun 1 mlrd 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, yangi transformator hamda tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Tarmoq tortish ishlari yakunlangandan so‘ng, mazkur mahallaga transformatorlar ham o‘rnatiladi. Olib borilgan ishlar natijasida hududdagi elektr ta’minoti yaxshilanib, xonadonlarga sifatli elektr energiyasi uzatiladi.
Loyiha doirasida belgilangan bunyodkorlik ishlari mahallada davom etmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab