"Mening yo‘lim" loyihasi amalda|To‘raobod MFYdagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda

×

 2023-07-29 08:52:11    288

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda "Mening yo‘lim" loyihasi doirasida aholi vakillari o‘z mahallasida yo‘llarini yaxshilash maqsadida tashabbusli loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda faol ishtirok etishmoqda.
Rishton tumanida ham tashabbusli byudjetning "Mening yo‘lim" loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar hududlardagi yo‘llarni ravon bo‘lishiga xizmat qilmoqda. 
Tumandagi To‘raobod mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihaning joriy yildagi birinchi mavsumida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishdi. 
Mahalladagi ba’zi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi, yozda chang, qishda loy bo‘lishidek mahalla aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan  muammoga mening yo‘lim jarayoni yechim bo‘ldi.
Ayni kunlarda ushbu mahahallaning  ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab