M U R O J A A T

 2023-07-27 10:01:26    255

PDF yuklash
Chop etish


“Obodonlashtirish oyligi” tadbirlarini tumanda yuqori saviyada tashkil etish, keng jamoatchilik yordamida xonadon va ko‘chalarimizni obod va ko‘rkam qilish kabi xayrli ishlarda faollik ko‘rsatish bo‘yicha Rishton tumani “Nuroniy” jamg‘armasi, Nuroniylar jamoatchilik Kengashining tuman aholisiga
M U R O J A A T I

Aziz yurtdoshlar! 
Nuroniy otaxon va onaxonlar Qadrli yoshlar!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yurtdoshlarimizning jonajon Vatanimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Yurtimiz obodonligi, ko‘chalarimiz ko‘rki, xonadonlarimiz fayzini oshirish, bu ishlarda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha “Obodonlashtirish oyligi” tadbirlari tashkil etilmoqda. Ozodalik va saramjon-sarishtalikni ruhan poklik, ma’nan yetuklik, fikran yangilanishga intilish, deb ta’riflash mumkin. Xususan, so‘nggi yillarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarining hayotimizga keng tadbiq etilishi natijasida aholi yashash maskanlarining ko‘rinishi butkul o‘zgarib, odamlarimiz turmush tarzi yaxshilanib, oilalarda farovonlik ortib bormoqda.Erta sahar turib, ko‘cha-hovlilarni supurib-sidirish, yon-atrofga suv sepish, turli gullar ekish qaysi xonadonga chiroy bag‘ishlamaydi, deysiz. Bu borada xonadon sohib va sohibalariga maslahat berish, yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yaratuvchanlik g‘oyalariga undash, biz - mahalla faollari, ko‘pni ko‘rgan, nuroniy oqsoqollarning eng muhim vazifamizdir.Unutmasligimiz lozimki, obodlik bor joyda qut-baraka, doimiy rivojlanish va kelajakka ishonch bo‘ladi.

Aziz otaxon va onaxonlar!
O‘z mahalladoshlarimizga namunaviy xonadon, namunaviy ko‘cha qanday bo‘lishi kerakligi xaqida imkon qadar ko‘proq va kengroq ma’lumot beraylik!Bu yo‘lda, avvalo, o‘z xonadonlarimizni obod qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarimiz, ibratli tashabbuslarimiz, chinakam jonkuyarligimiz bilan namuna bo‘laylik!

Hurmatli mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari! 
Tashkilot va muassasalar rahbarlari! 
Aziz farzandlarimiz!
Sizlarning har biringiz Yurtboshimizning alohida e’tiroflariga sazovor bo‘lgansizlar. Rishtonimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishigiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasizlar.Ishonamizki, “Obodonlashtirish oyligi” davomida Sizlar o‘z rahbarlik salohiyatlaringizni ko‘rsatib mahalla va ko‘chalarimizda, tashkilot, muassasa va korxonalar hududlarida obodonlashtirish tadbirlariga bosh bo‘lasizlar. Chunki qayerda tinchlik-omonlik, saramjon-sarishtalik, ozodalik bo‘lsa, Alloh shu yerga o‘z nurini sochib, barcha ishlarning barakasini beradi.Aziz hamyurtlar!Ushbu oylik mobaynida va har doim ham xayrli va savobli ishlarimizning davomiyligi farzandlarimiz tarbiyasi va ma’naviy dunyoqarashining shakllanishida, xalqimiz orasida mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ulari mustahkamlanishiga poydevor bo‘lib xizmat qilsin!
Barchamiz obodlik va poklik ishlarida faol bo‘laylik!

Rishton tumani “Nuroniy” jamg‘armasi, Nuroniylar jamoatchilik Kengashi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab