"Tashabbusli byudjet" loyihasi amalda|Anhor buyi MFYdagi ichki ko‘chalarga 3 km asfalt yotqizildi

×

 2023-07-24 09:07:21    149

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi vakillari o‘z mahallasida infratuzilmalarni yaxshilash, maktablarni ta’mirlash, jihozlash hamda boshqa tashabbusli loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda faol ishtirok etishmoqda.
Rishton tumanida ham tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. 
Tumandagi Anhor buyi mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihaning joriy yildagi ikkinchi mavsumida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishdi. 
Mahalladagi ba’zi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi, yozda chang, qishda loy bo‘lishidek mahalla aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan  muammoga tashabbusli byudjet jarayoni yechim bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joiz, hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash yuzasidan bildirilgan taklifga 2 ming  350 ta ovoz berilib, mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun byudjetdan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. 
Ayni kunlarda 3 km masofadagi ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab