“Rishton” oromgohi bolajonlar uchun o‘z bag‘rini ochdi

×

 2023-06-08 09:26:38    143

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi  “Rishton” oromgohi  1 mavsumda  120 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga qabul qilib oldi. Ayni damda bu so‘lim go‘sha bolalarning sho‘x-shodon kulgusi bilan yanada fayzga to‘lgan.
Sersoya va so‘lim go‘shada joylashgan mazkur oromgohda bolajonlarning mazza qilib dam olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. 
Oromgohda bolajonlarning bilim va mahoratlarini oshirish uchun Yosh dasturchi, ingliz tili, futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol kabi to‘garaklar tashkil etilgan. O‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan to‘garaklarda tengdoshlari bilan birga ishtirok etib, bilimini mustahkamlamoqda.Bu yerda yaratilgan sharoitlar bolajonlar uchun manzur bo‘lmoqda. Sport maydonchalari, boy kitob fondiga ega kutubxona, oshxona bolalar ixtiyorida. Albatta, bu yerga tashrif buyurgan bolalar ulkan taassurotlar bilan qaytishi shubhasiz.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab