"RISHTON" OROMGOHIDA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2023-06-02 16:57:30    229

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumanida joylashgan "Rishton" oromgohida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 2023 yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. 
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari F.Qosimov, Rishton tumani hokimi S.Soliyev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi viloyat Kengashi raisi E.Nuraliyev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda viloyatdagi oromgohlar rahbarlari, tarbiyachilari, yetakchilari, oromgohda faoliyat yuritadigan tibbiyot, ichki ishlar xodimlari, sport yo‘riqchilari, hisobchilar va oshpazlar ishtirok etdilar.
Ta’kidlanganidek, 2023 yil bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish dislokasiyasiga ko‘ra 17 ta stasionar oromgohlarda 11 040 nafar, shuningdek, 21 040 nafar bolalarni 121 ta kunduzgi dam olish maskanlarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda barcha oromgohlar bolajonlarni qabul qilib olish uchun shay holatda.
–  Farg‘ona viloyatidagi 8 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish departamenti tasarrufiga o‘tkazilib, mazkur oromgohlarda joriy yilgi mavsumga tayyorlash ishlari yuqori uyushqoqlikda olib borildi. Oromgohlarga oshxona, kutubxona, yotoqxona va tibbiyot xonasi jihozlari, sport inventarlari, kompyuter jamlanmalari, televizorlar, ovoz kuchaytirgichlar, generator kabi bir qator zaruriy vositalar bilan ta’minlandi, – deydi departamentning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Rahimov.–  Xususan, “Rishton” oromgohida ham bolalarning mazmuni dam olishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar asosida amaliy ishlar olib borildi. Oromgoh hududida suv ta’minoti taqchilligi bartaraf etilib, joriy yilda suv chiqarilib, suv minorasi o‘rnatildi. Bu esa oromgohning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida o‘rin tutadi.
Seminarda aytib o‘tildiki, bolalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadlarini ko‘zlab xalq ta’limi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, Yoshlar siyosati va sport boshqarmalari kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda oromgohlarda tarbiyaviy ishlarni kuchaytirgan holda “Zakovotli bolalar”, sport, turistik, ekologik, texnika ijodiyoti, o‘lkashunoslik, mohir qo‘llar singari yo‘nalishlar bo‘yicha 30 dan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Seminar davomida oromgohlarda favqulotda vaziyatlarni bartaraf qilish, cho‘milish havzalarida bolalar xavfsizligini ta’minlash, sanitariya me’yorlariga amal qilish, tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bir qator mavzularda oromgoh ishchi-xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida ko‘rgazmali-amaliy tadbirlar o‘tkazilib, mavsumni yuqori uyushqoqlikda o‘tkazishga kelishib olindi.


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab