Tuman hokimi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

×

 2023-05-25 10:27:54    139

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yana bir o‘quv yili tugab, umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.Rishton tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida dillarga o‘zgacha shukuh, qalblarga olam-olam hayajon soladigan, bir umr esda qoladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ana shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 30 -  umumta’lim maktabida tashkil etildi. Maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining yo‘llagan tabrigi ular qalbida unutilmas taassurotlarga boy va yodda qolarli bo‘ldi.Tuman hokimi Sufhonjon Soliyev mazkur ta’lim maskanida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ular bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bilan tanishdi.Shuningdek, bir guruh o‘qituvchilarga faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.Tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va o‘qituvchilar ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga kelgusi ish va o‘qishlariga omad va zafarlar tiladilar.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab