Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2023-05-17 18:29:00 246
Rishton tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 55-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga asosan tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023-2024 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risidagi Axborot - Rishton tuman Adliya bo‘limining 2023 yil 1-choragida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha Axborot- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli Qarori talablariga asosan “Manzilli ro‘yxat”ga kiritilgan loyihalarni ijrosi bo‘yicha 2023 yilni aprel oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarni hisobotlari- O‘zbekiston Respublikasi Vertual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali Rishton tumani hokimligiga kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida Axborot - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 05.04.23 yildagi “Aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ekin maydonlarini ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi QQ-180-sonli qarorini tumandagi ijrosi to‘g‘risida- Tuman sektor rahbarlari tomonidan taklif etilgan ijtimoy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish va muammolari hal bo‘lgan oilalarni (fuqarolarni) “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish- “Mahalla” xayriya jamoat fondi xuzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidagi mablag‘larni tasarruf etish to‘g‘risidaSessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi