Tomorqa – katta daromad manbai

×

 2023-05-06 07:55:18    157

PDF yuklash
Chop etish


❇️ Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonida iqtisodiy inqiroz asoratlari davom etib, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida aholining sabzavot va poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laqonli ta’minlash, yerdan samarali foydalanish orqali ko‘proq mahsulot yetishtirish tizimini yaratish eng ustuvor masalalardan biridir.
☸️ So‘nggi yillarda mamlakatimizda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Ona yerni daromad manbai sifatida ulug‘laymiz. Haqiqatan ham shunday. Tomorqa rizq-ro‘z, daromad manbai. Bandlik, to‘kinlik va arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘li. Dasturxon fayzu barakasi, turmush farovonligi, yurt obodligi undan. Faqatgina ayni ekish mavsumida fursatni boy bermay, uning kaftdek qismini ham bo‘sh qoldirmasdan, unumli foydalanilsa kifoya.Kishida mehnatga ishtiyoq, havas bo‘lsa, albatta, maqsadiga erishadi. 
❇️ Rishton tumani Dasht Tegirmon MFY Navro‘z ko‘chasida yashovchi  Mayramxon opa ham o‘z xonadonida 0,4 sotixli issiqxona tashkil etgan edi. Bugungi kunda issiqxonadan daromad topish boshlandi. ????- Issiqxona tashkil etganimga ko‘p vaqt yo‘q. Lekin daromad topishni boshladim. Tomorqamdan topayotgan daromadni yangi qurilayotgan uyimni ta’mirlash uchun sarflashni rejalashtiryapman. Mana shunday issiqxonalar ko‘p bo‘lishi tarafdoriman, deydi Mayramxon opa.  
✍️ Aslida tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘li ekanligini unutmasligimiz lozim. Muhimi, bir joyda to‘xtab qolmaslik.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab