M. TOPVOLDIYЕVNI XOTIRLAB...

×

 2023-05-04 14:26:55    269

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Ma’naviyat va ma’rifat markazida Ikkinchi jahon urushi Qahramoni Mamadali Topivoldiyev xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sufhonjon Soliyev, tuman hokimligi vakillari, Shanxay Hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Otbosarov, M. Topivoldiyevning yaqin do‘stlari, qarindoshlari, maktab o‘quvchilari qatnashdilar. 
Tadbirda shuningdek Belarus Respublikasi Mogilyov viloyati Krugloye tumani ijroiya qo‘mitasi mutaxassisi Yelena Chudakova, Belarusdagi Ulug‘ Vatan urushi tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Yuliya Koltovich, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasining "Shon-sharaf muzeyi"  katta ilmiy xodimi, zaxiradagi podpolkovnik Sharof Rahimov va boshqalar onlayn tarzda ishtirok etishdi. 
Tadbirda rishtonlik partizan-Qahramon, "Kazbek" laqabi bilan dovrug‘ qozongan M.Topivoldiyevning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklari, belarus o‘rmonlarida partizanlar harakatiga rahbarlik qilib, misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakatlari, bosqinchilar ustidan qozonilgan g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shgan razvedkachi jangchining  urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligi sohasidagi xizmatlari xususidagi gapirib o‘tildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab