Fransiyalik sayyoh nimadan lol qoldi?

×

 2023-04-28 14:11:25    392

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda Rishton tumaniga xorijiy mamlakatlardan sayyohlarning kelishi odatga aylanib qoldi. Ushbu sayyohlar rishton kulolchiligiga katta qiziqish bildirishayotgani esa yanada quvonarli holdir. 
Mana bir necha kundirki, Fransiyalik sayyoh "Mingboshi keramik" oilaviy korxonasida Rishton kulolchiligi bilan yaqindan tanishmoqda.
???? - Ismim Karl (Cyril) mening yoshim 30da Fransiyaning Anessi shahrida istiqomat qilaman, - deydi fransiyalik mehmon biz bilan suhbatda. - Markaziy Osiyoga sayoht qilish maqsadida o‘z avtomobilim bilan yo‘lga chiqdim. Bundan oldin bir hafta Tojikistonda bo‘ldim. Bir necha kundan beri esa Rishtondaman. Bu yerda ham yetti kun qolmoqchiman. Keyin Qirg‘izistonga yo‘l olaman. Ochig‘ini aytsam, bu yerdagi mehmondo‘stlik, mehr-oqibatni ko‘rib hayratda qoldim. Tanimaydigan insonlarni ham doim ochiq chehra bilan kutib olishmoqda. Rishton kulolchiligi haqida ko‘p eshitgan edim. Jarayonlar bilan yaqindan tanishni juda istar edim. Nihoyat niyatim amalga oshdi. Taassurotlarim men kutgandan-da a’lo. Bularni shunchaki tasvirlab bo‘lmaydi. Rishton kulolchiligi meni sehrlab qo‘ydi. Go‘yoki, ertaklar mamlakatiga kelib qolgandek bo‘ldim. Barchasi ajoyib, O‘zbekiston menga bir umr xotiramda qoladigan onlarni taqdim etdi. Bu yerga do‘stlarim va yaqinlarim bilan yana bir bor kelishni maqsad qilib qo‘ydim.


Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab