BILGANGA ISSIQXONA DAROMAD MANBAI

×

 2023-04-27 19:02:52    268

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda tomorqadan unumli foydalanib, har qarich ekin yerini bo‘sh qoldirmay, halol-pokiza mehnati orqasidan mo‘may foyda orttirayotgan xo‘jaliklar safi kengaymoqda. Mamlakatimizda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Rishton tumani  "Gumbaz" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Saboxon Ahmedova o‘z oila a’zolari bilan maslahatlashib, issiqxona barpo qildi.
1,5 sotix maydondagi issiqxonada bugungi kunda bodring  ko‘chatlari gullab, sabzavotlar tayyor holatga kelgan.
Issiqxona ishga tushganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, ikki marotaba hosil olishga erishdi.
- Erta bahordan ekilgan bodiring daromadidan oilamda to‘kin sochinlik, orzu-niyatlarimga erishib kelyapman va to‘ylar qilyapman- deydi Saboxon opa biz bilan suhbat chog‘ida. - Yetishtirayotgan mahsulotlar bilan bozorda o‘z o‘rinim borligidan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yetishtirib oz bo‘lsa ham bozorlarimizda narx-navolarni arzonlashtirishga va dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligiga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan xursandman.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab